Bugun
16
O'zbek

Vozinya JCH tarixidagi eng yaxshi natijalardan birini qayd etdi

Futbol
4 iyul, 14:45
Kabo-Verde darvozaboni 40 yoshdan oshgan posbonlar orasida seyvlar soni bo‘yicha uchinchi o‘ringa chiqdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Vozinya JCH tarixidagi eng yaxshi natijalardan birini qayd etdi
Foto: Getty Images
03.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 2 Kabo-Verde Kabo-Verde

Kabo-Verde milliy jamoasi darvozaboni Jozimar Vozinya JCH-2026da qayd etgan seyvlar soni bo‘yicha tarixiy natijaga erishdi.

40 yoshdan oshgan tajribali posbon mundial davomida jami 18 ta seyv amalga oshirdi. Bu ko‘rsatkich uni jahon chempionatlari tarixida ushbu yosh toifasidagi darvozabonlar orasida uchinchi o‘ringa olib chiqdi.

Undan yaxshiroq natijani faqat ikki afsonaviy darvozabon qayd etgan. 1990 yilgi mundialda Angliya milliy jamoasi posboni Piter Shilton 28 ta seyv amalga oshirgan bo‘lsa, 1982 yilgi turnirda Italiya milliy jamoasi afsonasi Dino Zoff hisobiga 27 ta seyv yozilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Kabo-Verde milliy jamoasi JCH-2026 1/8 finalida Argentinaga qo‘shimcha bo‘limlarda imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.

Ma'lumot uchun, Shilton va Zoff rekord o‘rnatgan mundiallarda ularning milliy jamoalari yettitadan uchrashuv o‘tkazgan. Italiya o‘sha turnirda jahon chempioniga aylangan, Angliya esa yarimfinalgacha yetib borgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Kabo-Verde Kabo-Verde
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar