Bugun
16
O'zbek

Kabo-Verde Afrika futbolida tarixiy natija qayd etdi

Futbol
4 iyul, 13:58
Ular amaldagi jahon chempioni darvozasiga mundialda ikki gol urgan ilk Afrika jamoasiga aylandi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Kabo-Verde Afrika futbolida tarixiy natija qayd etdi
Foto: Getty Images
03.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 2 Kabo-Verde Kabo-Verde

Kabo-Verde milliy jamoasi JCH-2026da tarixiy natijaga erishdi.

Argentina milliy jamoasiga qarshi kechgan bahsda kabo-verdeliklar raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qilib, jahon chempionatlari tarixida amaldagi jahon chempioniga qarshi bir o‘yinda ikkitadan gol urgan ilk Afrika jamoasi bo‘ldi.

Bungacha Afrika jamoalari amaldagi chempionlarni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan. Jumladan, Kamerun 1990 yilda, Senegal esa 2002 yilda bunday natijani qayd etgan. Biroq har ikki holatda ham ular raqib darvozasini faqat bir martadan ishg‘ol qilgandi.

Shunday qilib, Kabo-Verde milliy jamoasi musobaqani tark etgan bo‘lsa-da, Afrika futboli tarixiga yangi rekord muallifi sifatida kirdi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina milliy jamoasi ushbu bahsda qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng g‘alaba qozonib, JCH-2026 chorakfinaliga yo‘l oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Kabo-Verde Kabo-Verde
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar