Live
1
O'zbek

Anri: «Kabo-Verde mag‘lub bo‘ldi, ammo barchaning qalbidan joy oldi»

Futbol
4 iyul, 16:00
Fransiyalik afsona Afrika jamoasining Argentinaga qarshi o‘yinini yuqori baholadi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Anri: «Kabo-Verde mag‘lub bo‘ldi, ammo barchaning qalbidan joy oldi»
Foto: Getty Images
03.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 2 Kabo-Verde Kabo-Verde

Fransiya futboli afsonasi Tyerri Anri JCH-2026 1/8 finalida Argentina milliy jamoasiga qarshi bahsda (2:3) mag‘lub bo‘lgan Kabo-Verde milliy jamoasi o‘yiniga yuqori baho berdi.

«Men o‘rnimdan turib Kabo-Verdega qarsak chalishga tayyorman, chunki bugun hamma e'tibor aynan ularda edi. Kichik orol, ammo ulkan orzular... Ular futbol gigantini deyarli musobaqadan chiqarib yuborishdi. Bu yigitlar haqiqiy qahramonlar. Ular o‘z yurtining qahramonlari va yulduzlariga aylandi.

Yana bir jihatni alohida ta'kidlash kerak — ular turnir davomida asosiy vaqtda birorta ham uchrashuvda mag‘lub bo‘lishmadi. Bu safar ham muvaffaqiyatga juda yaqin kelishdi.

Ochig‘i, hozir o‘yin natijasi men uchun muhim emas. O‘ylaymanki, argentinaliklar ham xuddi shunday his qilgan. Ular g‘alabani tantana qilishmadi, shunchaki keyingi bosqichga chiqqanidan xursand bo‘lishdi.

Bu hikoya Kabo-Verdeniki edi, shunday bo‘lib qoladi ham. Bugun yana bir bor isbotlandi: agar o‘zingizga ishonsangiz, hamma narsa mumkin. Ha, ular mag‘lub bo‘ldi. Ammo barchamizning qalbimizni zabt etdi. Bu shunchaki sehrli edi», — dedi Anri.

Eslatib o‘tamiz, Kabo-Verde milliy jamoasi JCH-2026 1/8 finalida Argentina milliy jamoasiga qo‘shimcha bo‘limlarda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, turnir bilan xayrlashdi.

Ma'lumot uchun, Kabo-Verde mundialdagi barcha uchrashuvlarda asosiy vaqtda mag‘lub bo‘lmadi. Jamoa turnirning eng katta sensatsiyalaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Kabo-Verde Kabo-Verde
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar