Argentina milliy jamoasi JCH-2026 1/8 finalida Kabo-Verde ustidan qo‘shimcha bo‘limlarda qozonilgan g‘alabadan so‘ng yana bir tarixiy natijaga erishdi.
Mazkur bahs Argentina uchun jahon chempionatlari tarixidagi qo‘shimcha bo‘limlargacha yetib borgan 12-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa, argentinaliklar ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Germaniya milliy jamoasi rekordini takrorladi.
Qizig‘i, nemislar ham 12-marta qo‘shimcha bo‘limlarda harakat qilishiga JCH-2026 1/16 finalidagi Paragvayga qarshi bahs sabab bo‘lgandi. O‘shanda Germaniya penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina milliy jamoasi JCH-2026 chorakfinali yo‘llanmasi uchun Kabo-Verde ustidan qo‘shimcha bo‘limlarda g‘alaba qozondi.
Ma'lumot uchun, Argentina va Germaniya milliy jamoalari mundial tarixida qo‘shimcha bo‘limlargacha yetib borgan o‘yinlar soni bo‘yicha 12 tadan bahs bilan rekordni bo‘lishib turibdi.