Kabo-Verde milliy jamoasi darvozaboni Jozimar Vozinya JCH-2026 1/8 finalida Argentinaga qarshi bahsdan (2:3) keyin Lionel Messi bilan bo‘lgan suhbat haqida gapirib berdi.
«O‘yin tugagach, Messining oldiga bordim. U meni quchoqlab: «Sen ajoyib o‘ynading. Sening xalqing sen bilan faxrlanishi kerak», dedi. Bu men uchun tasavvur qilib bo‘lmaydigan lahza edi.
Leo Messi kabi buyuk futbolchidan bunday so‘zlarni eshitish men uchun juda katta ahamiyatga ega. Men unga minnatdorchilik bildirib: «Rahmat, Leo. Sen eng zo‘risan», dedim.
Keyin undan futbolkalarimizni almashtirishimiz mumkinmi, deb so‘radim. Leo intervyudan keyin tunnelda menga futbolkasini berishini aytdi.
Bunday lahzalar qalbimda umrbod saqlanib qoladi», — dedi Vozinya.
Eslatib o‘tamiz, Kabo-Verde milliy jamoasi Argentina milliy jamoasiga qarshi bahsda munosib qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, qo‘shimcha bo‘limlarda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, JCH-2026 bilan xayrlashdi.
Ma'lumot uchun, 40 yoshdan oshgan Vozinya ushbu mundialdagi yorqin o‘yinlari va ko‘plab seyvlaridan so‘ng turnirning eng e'tiborga molik darvozabonlaridan biriga aylandi.