Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubi Riyod Mahrez jamoani tark etganini rasman e'lon qildi.
35 yoshli futbolchi klub safida uch yarim yil davomida to‘p surdi. Shu vaqt ichida u 100 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushib, jamoa bilan ikki bor Osiyo Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Mahrez bundan bir kun avval Jazoir milliy jamoasidagi faoliyatini ham yakunlaganini e'lon qilgandi. U 12 yil davomida milliy jamoa sharafini himoya qildi.
Ma'lumot uchun, Riyod Mahrez faoliyati davomida «Gavr», «Lester», «Manchester Siti» va «Al Ahli» klublari safida to‘p surgan. Jazoir milliy jamoasi esa JCH-2026 1/16 finalida Shveysariyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgandi.