Live
1
O'zbek

Simon: "Ronaldu avvalgidek emas, ammo uni jarima maydonidan uzoqroq ushlash kerak"

Futbol
4 iyul, 16:06
Ispaniyalik kiper Portugaliyaga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Simon: "Ronaldu avvalgidek emas, ammo uni jarima maydonidan uzoqroq ushlash kerak"
Фото: Getty Images
06.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi darvozaboni Unai Simon Portugaliyaga qarshi bo'lajak uchrashuv oldidan Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Krishtianu olti yoki yetti yil avvalgi, «Real»da o'ynagan futbolchi emas. Ammo biz uni imkoni boricha jarima maydonimizdan uzoqroq ushlashga harakat qilishimiz kerak.

Millatlar ligasi finalida u to'pning qaytishidan foydalanib gol urgandi. Unda hali ham har qanday jamoa orzu qiladigan gol urishga bo'lgan chanqoqlik bor. To'pni nazorat qilishimiz va unga jarima maydonimizga yaqinlashish imkonini bermasligimiz lozim», — dedi u AS nashriga.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar