Mazkur bahs yakunlangach, Krishtianu jahon chempionatlari tarixida yana bir tarixiy rekordni qayd etdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida xorvatiyaliklar hisobni ochdi, lekin 68-daqiqada raqib «An Nasr» forvardining penaltidan urgan goli evaziga muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Gonsalu Ramush yana bir gol urib, yakuniy hisobni qayd etdi.
O‘yinning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrin 41 yoshli Ronalduga nasib qildi.
MisterChip ma’lumotlariga ko‘ra, Krishtianu – jahon chempionatlari pley-off bosqichida o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan eng yoshi katta o‘yinchiga aylandi. Portugaliyalik reytingda Olive Jiruni (36 yosh) ortda qoldirdi, 35 yoshida bu nomga loyiq ko‘rilgan Lionel Messi ham bu borada raqibidan ortda qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu ushbu mundialda 3 ta gol urishga erishdi.