Bugun
13
O'zbek

Yakin: "O'yinimizdan to'liq qoniqmadim, ammo natijadan juda mamnunman"

Futbol
3 iyul, 03:44
Shveytsariya 1/8 finalida Kolumbiya — Gana juftligi g'olibi bilan kuch sinashadi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Yakin: "O'yinimizdan to'liq qoniqmadim, ammo natijadan juda mamnunman"
Фото: Getty Images
02.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Shveytsariya Shveytsariya 2 : 0 Jazoir Jazoir

Shveytsariya milliy jamoasi bosh murabbiyi Murat Yakin Jazoirga (2:0) qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

«O'yinimizdan yuz foiz qoniqmadim, ammo natijadan juda mamnunman. Ikkinchi bo'limda tarkibni biroz o'zgartirishimizga to'g'ri keldi.

O'yin davomida jamoaviy tashkilotchilik jihatidan yaxshiroq harakat qila boshladik. Yuqori pressing qo'llashimizga to'g'ri keldi va bu borada omad ham biz tomonda bo'ldi. Yakunda barchasi biz uchun ijobiy tugadi», — deya Yakinning so'zlaridan keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Eslatib o'tamiz, Shveytsariya 1/8 finalida Kolumbiya — Gana juftligi g'olibi bilan kuch sinashadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shveytsariya Shveytsariya
  • Jazoir Jazoir
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar