Bugun
13
O'zbek

Germaniya bosh murabbiyi Nagelsmann iste'foga chiqarildi – Romano

Futbol
3 iyul, 01:41
Uning o'rnini Klopp egallashi mumkin.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Germaniya bosh murabbiyi Nagelsmann iste'foga chiqarildi – Romano
Фото: Getty Images

Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann lavozimini tark etmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, 2-iyul kuni Frankfurt shahrida Germaniya futbol federatsiyasi qarorgohida uch soat davom etgan yig'ilish bo'lib o'tgan.

Unda 38 yoshli mutaxassisga milliy jamoadagi faoliyatini yakunlash taklif qilingan.

Avvalroq Nagelsmannga shartnomasi muddatidan avval bekor qilinganligi uchun 7 million yevro miqdorida tovon puli to'lanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o'tamiz, Yulian Germaniya milliy jamoasini 2023-yil sentyabr oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Biroq 2026-yilgi jahon chempionatida nemislar 1/16 finalda Paragvayga yutqazib qo'yib, turnirni tark etdi.

Bugungi yangiliklar