Jahon chempionati 1/16 finalida Portugaliya milliy jamoasi Xorvatiyaga qarshi bellashdi.
Unda 2:1 hisobida portugalaliklar g'alaba qozondi. Dastlab Perishich hisobni ochdi. 68-daqiqada Ronaldu penaltilardan muvozanatni tikladi. 90+4-daqiqada esa Gonsalu Ramush gol urib, Martines jamoasiga g'alaba taqdim etdi.
Shunday qilib, endilikda portugalaliklar 1/8 finalda Ispaniyaga qarshi bellashadi.
JCH-2026. 1/16 final
Portugaliya — Xorvatiya 2:1
Gollar: Ronaldu 68 penalti, Ramush 90+4 – Perishich 53
Portugaliya — Koshta, Kanselu (Ramush, 63), Diash, Veiga, Mendesh, Nevesh, Vitinya (Silva, 62), Fernandesh (Semedu, 63), Netu, Leau, Ronaldu.
Xorvatiya — Livakovich, Stanishich, Shatalo, Pongrachich, Perishich, Modrich, Kovachich, Vlashich, Suchich, Baturina, Budimir.