Ispaniya milliy jamoasi darvozaboni Unai Simón Jahon chempionatlari tarixida eng uzoq vaqt to'p o'tkazmagan darvozabon bo'ldi — 519 daqiqa.
"Atletik" posboni shu orqali Italiya milliy jamoasi safida mundialda 517 daqiqa davomida to'p o'tkazmagan Valter Zenganing rekordini yangiladi.
JCH-2026ning 1/16 finalidan oʻrin olgan Avstriyaga (3:0) qarshi bahsda Simon Ispaniya milliy jamoasiga tegishli rekordni ham yangiladi. U “qizil furiya” safida mundialda 476 daqiqa toʻp oʻtkazmagan Iker Kasilyasning natijasini ham ortda qoldirdi.
JCH-2022da Marokash milliy jamoasi asosiy vaqtda Unai Simón darvozasini ishg'ol qila olmadi. O'sha bahs 0:0 hisobida tugab, mag'ribliklar penaltilar seriyasida 3:0 hisobida g'alaba qozonib, Ispaniyani 1/8 finalda musobaqadan chiqarib yuborgan.
Bu Jahon chempionatida esa ispanlar darvozaboni barcha o'yinlarda — Kabo-Verde (0:0), Saudiya Arabistoni (4:0), Urugvay (1:0) va Avstriya (3:0) qarshi bahslarda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Simón "quruq seriya" bo'yicha Jahon chempionati rekordchisiga aylandi
Futbol
2 iyul, 18:55
Ispanlar posboni milliy jamoa ichida Kasilyasni, umuman esa italiyalik Zengani ortda qoldirdi.
Foto: Getty Images
02.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Ispaniya
3
:
0
Avstriya