Live
1
O'zbek

Ispaniya - so'nggi 68 yilda JCH pley-offida o'yinni ikki o'smir bilan boshlagan birinchi jamoa

Futbol
2 iyul, 18:10
Oxirgi bor 1958 yilda Braziliya bilan shunday holat kuzatilgandi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Ispaniya - so'nggi 68 yilda JCH pley-offida o'yinni ikki o'smir bilan boshlagan birinchi jamoa
Foto: Getty Images
02.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 3 : 0 Avstriya Avstriya

Ispaniya so'nggi 68 yil ichida Jahon chempionati pley-off bosqichida asosiy tarkibda ikki nafar o'smir futbolchi bilan maydonga tushgan birinchi jamoaga aylandi.

Avstriyaga (3:0) qarshi 1/16 final bahsini ilk daqiqalardan 18 yoshli vinger Lamin Yamal va 19 yoshli himoyachi Pau Kubarsi boshladi.

20 yoshga to'lmagan ikki nafar futbolchining bir milliy jamoa safida mundial pley-offida ilk daqiqalardan maydonga tushishi 1958 yildan buyon ilk bor kuzatildi. O'shanda Braziliya Uelsga qarshi bahsni asosiy tarkibda Pele va Joze Altafini bilan boshlagandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Avstriya Avstriya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar