Live
1
O'zbek

Yamal Ispaniya — Avstriya o'yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Futbol
2 iyul, 17:20
FIFA dublga erishgan Oyarsabal va 2 ta assist qayd etgan Kukurelyani e'tirof etmadi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Yamal Ispaniya — Avstriya o'yinining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Foto: Getty Images
02.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 3 : 0 Avstriya Avstriya

Lamin Yamal Ispaniya va Avstriya o'rtasidagi bahsning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Jahon chempionatining 1/16 final bahsida ispanlar 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Yamal bellashuvni asosiy tarkibda boshlab, 86-daqiqada almashtirildi. Gol urmadi bo'lsa-da, «Barselona»ning 18 yoshli vingeri FIFA tomonidan e'tirof etildi.

Ma'lumot uchun, o'yinda Mikel Oyarsabal dublga erishdi, Mark Kukurelya esa ikkita assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Ispaniya nimchorakfinalda Portugaliya — Xorvatiya juftligi g'olibiga qarshi o'ynaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Avstriya Avstriya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar