Live
1
O'zbek

Bundesliga yangi mavsumiga qur'a tashlandi: turnir "Bavariya" – "Shtutgart" o'yini bilan boshlanadi

Futbol
2 iyul, 16:10
Turnir 28 avgustdan start oladi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Bundesliga yangi mavsumiga qur'a tashlandi: turnir "Bavariya" – "Shtutgart" o'yini bilan boshlanadi
Foto: Getty Images

Bundesliga 2026/27 yilgi mavsum uchun taqvimni e'lon qildi.

Chempionat 28 avgust kuni "Bavariya" – "Shtutgart" bahsi bilan start oladi. Javob bellashuvi esa 18-tur doirasida bo'lib o'tadi.

1-turda quyidagi o'yinlar ham o'tkaziladi:

"Borussiya" D – "Hamburg"
"Leyptsig" – "Borussiya" M
"Frayburg" – "Verder"
"Augsburg" – "Shalke"
"Maynts" – "Paderborn"
"Union" – "Ayntraxt"
"Kyoln" – "Xoffenhaym"
"Elfersberg" – "Ayntraxt"


Ta'kidlash kerakki, "Bavariya" va Dortmundning "Borussiya" jamoalari 8 va 25-turlarda o'zaro to'qnash keladi.

Dortmundliklar "Bayer"ga qarshi 11 va 28-turlarda, "Shtutgart" bilan 4 va 21-turlarda, "Leyptsig"ga qarshi esa 14 va 31-turlarda maydonga tushadi.

"Bavariya" esa "Bayer" bilan 16 va 33-turlarda, "Leyptsig"ga qarshi esa 6 va 23-turlarda kuch sinashadi.

Bundesligada qishki tanaffus 21 dekabrdan 7 yanvarga qadar davom etadi. Mavsum 22 may kuni o'z yakuniga yetadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar