Krishitanu Ronalduning opasi Katya Aveyru hujumchi 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashini tasdiqladi.
Portugalik JCH-2026 1/16 finalida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 3 iyul tongida, soat 04:00da boshlanadi. 41 yoshli hujumchi bellashuvni asosiy tarkibda boshlaydi.
«Bilishimcha, u xayrlashishi mumkin. Aynan bugun emas, lekin menimcha, yakun yaqin. Gap milliy jamoa haqida ketyapti. Ishonchli manbamning aytishicha, Jahon chempionati uning mundialdagi soʻnggi raqsi boʻladi.
Futbolni yaxshi koʻradigan har qanday aqlli inson Ronalduga havas qilishi kerak. U 20 yildan ortiq vaqt davomida eng yuqori darajada oʻynab kelmoqda. Bizning Aveyru oilamiz bugun qaerdaligini va aslida qaerdan chiqqanimizni qarang. Onamiz qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirganini eslang... Tanqidlar bizning baxtimizga ta'sir qiladi, deb oʻylaysizmi? Aslo!
Eng muhimi — birga oʻtkazgan 20 yildan ziyod vaqtni zavqlanish. Undan nihoyatda faxrlanaman. Qatarda ham uning yonida edim, hozir ham shu yerdaman. Bu — ulkan gʻurur. Ishonamanki, yakunda biz tabassum qilamiz. U oʻziga ishonadi, bizdek hayajonlanmaydi. Unda kuch va ishonchni his qilaman. Bu biz, muxlislarni ham xotirjam qiladi. Unga ishonishimiz mumkin», — dedi Katya Aveyru Portugaliyaning SportTV telekanali efirida.
Ronaldu Jahon chempionatidan soʻng Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaydi
Futbol
2 iyul, 18:30
Bu haqda uning opasi Katya ma'lum qildi.
Foto: Getty Images
02.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Portugaliya
2
:
1
Xorvatiya