Bugun
9
O'zbek

Dalich: «Portugaliya dunyoning eng kuchli milliy jamoalaridan biri»

Futbol
2 iyul, 06:09
Xorvatiya bosh murabbiyi 1/8 final oldidan Krishtianu Ronaldu va Portugaliya jamoasi haqida iliq fikr bildirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Dalich: «Portugaliya dunyoning eng kuchli milliy jamoalaridan biri»
Foto: Getty Images
02.07.2026, 19:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - Xorvatiya Xorvatiya

Xorvatiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich JCH-2026 1/8 finali oldidan Portugaliya milliy jamoasining o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bu dunyoning eng kuchli milliy jamoalaridan biri. Ularning ajoyib bosh murabbiyi bor va u fantastik ishlarni amalga oshirmoqda. Buni avval Belgiyada, endi esa Portugaliyada ham isbotladi.

Ularning safida istalgan daqiqada gol ura oladigan Krishtianu Ronaldu bor. Portugaliyaning eng kuchli jihati — texnik mahorati va to‘p nazorati. Ular bu borada juda kuchli, ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratadi va doimo o‘yinni nazorat qilishga intiladi», — dedi Dalich.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya va Xorvatiya milliy jamoalari JCH-2026 1/8 finalida o‘zaro bahs olib boradi.

Ma'lumot uchun, ushbu uchrashuv 3 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. G‘olib jamoa mundial chorakfinaliga yo‘l oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Xorvatiya Xorvatiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar