Bugun
9
O'zbek

«Yuventus» Niderlandiya milliy jamoasi hujumchisiga qiziqmoqda

Futbol
2 iyul, 05:50
Turin klubi Brayan Brobbini Kolo-Muani transferiga muqobil variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Yuventus» Niderlandiya milliy jamoasi hujumchisiga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

«Sanderlend» klubi va Niderlandiya milliy jamoasi hujumchisi Brayan Brobbi faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

TUTTOmercatoWEB xabariga ko‘ra, «Yuventus» 24 yoshli forvard transferi imkoniyatini o‘rganmoqda. Turin klubi hali ham «PSJ» hujumchisi Randal Kolo-Muanini asosiy transfer maqsadi sifatida ko‘rmoqda. Biroq fransiyalik futbolchi bo‘yicha kelishuv amalga oshmasa, Brobbi asosiy muqobil nomzodga aylanadi.

24 yoshli hujumchi JCH-2026da ham yorqin o‘yin namoyish etdi. U Niderlandiya milliy jamoasi safida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. Biroq uning jamoasi turnir bilan erta xayrlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Brayan Brobbi ayni paytda Angliyaning «Sanderlend» klubi sharafini himoya qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Transfermarkt portali 24 yoshli hujumchining transfer qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sanderlend Sanderlend
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar