«Yuventus» 29 yoshli Gulyelmo Vikario transferini rasman e’lon qildi. Italiyalik darvozabon «Tottenhem»dan ikki mavsumga ijara asosida Turin klubiga qo‘shildi.
Ijara uchun «Yuventus» to‘lov amalga oshirmaydi. Shuningdek, Turin klubi futbolchining transfer huquqlarini keyinchalik sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Vikario transferini to‘liq sotib olish summasi 8 million yevroni tashkil qiladi. Bonuslar hisobiga bitim qiymati yana ko‘pi bilan 2 million yevroga oshishi mumkin. «Yuventus» futbolchini sotib olgan taqdirda, transfer pulini uch yil davomida to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, Gulyelmo Vikario «Tottenhem» safida 2023 yildan buyon to‘p tepib kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, «Yuventus» 23 avgust kuni Italiya chempionatining 1-turida safarda «Frozinone»ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi