«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yangi mavsumda jamoa sardorlarini tanlash bo‘yicha qarorini tushuntirdi.
«Men sardorlarni ovoz berish orqali tanlashga qaror qildim, chunki tarkib hali to‘liq shakllanmagan. Kimdir kelishi, kimdir ketishi mumkin. Hammasi aniq bo‘lgach, ovoz beramiz. Hozircha sardor — Rafinya, Erik Garsiya va Pedri ham bu vazifani bajaradi. Frenki de Yong jarohat olgani sababli shunday qaror qabul qildim», — dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Frenki de Yong ayni paytda jarohati sabab «Barselona»ga yordam bera olmayapti.
Ma’lumot uchun, «Barselona» La Liganing yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini 23 avgust kuni safarda «Elche»ga qarshi o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:30 da boshlanadi.