Bugun
14
O'zbek

Fermin: "Men uchun Rodri hozirda dunyodagi eng yaxshi tayanch yarimhimoyachi"

Futbol
18 avgust, 04:05
"Barsa" yarimhimoyachisi Rodri jamoaga kelib qo'shilishi haqida fikr bildirdi.
Fermin: "Men uchun Rodri hozirda dunyodagi eng yaxshi tayanch yarimhimoyachi"
Foto: Getty Images

"Barselona" yarimhimoyachisi Fermin Lopes "Manchester Siti" futbolchisi Rodri jamoaga kelib qo'shilishi haqida fikr bildirdi.

"Rodri — buyuk futbolchi. U "Oltin to'p" sohibi va jahon chempioni hisoblanadi. Men u bilan Ispaniya milliy jamoasida birga o'ynaganman.

Men uchun Rodri hozirda dunyodagi eng yaxshi tayanch yarimhimoyachi. U "Barselona"ga juda ko'p narsa bera oladi", — deya Lopesning so'zlarini keltiradi diariARA.

Ma'lumot o'rnida, Rodri 2019 yildan buyon "Manchester Siti" safida o'ynab kelmoqda. O'tgan mavsumda 30 yoshli yarimhimoyachi 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Avvalroq Fermin "Barselona"da bo'lish baxtini pulga sotib olib bo'lmasligi haqida gapirib o'tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar