Bugun
14
O'zbek

Fermin Lopes: «Flik tufayli juda katta o‘sishga erishdim»

Futbol
18 avgust, 05:14
«Barselona» yarimhimoyachisi bosh murabbiy bilan munosabatlari haqida gapirdi.
Fermin Lopes: «Flik tufayli juda katta o‘sishga erishdim»
Foto: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Fermin Lopes bosh murabbiy Hans-Diter Flik bilan o‘rtasidagi iliq munosabatlar haqida fikr bildirdi.

«Biz juda yaxshi munosabatlarni shakllantirdik. U boshidanoq menga nafaqat futbol maydonida, balki undan tashqarida ham yordam berdi. Shu ikki yil davomida Flik tufayli juda katta o‘sishga erishdim. Uning qo‘l ostida juda yaxshi o‘yin ko‘rsatyapman», — dedi Lopes diariARA nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Hans-Diter Flik 2024 yildan buyon «Barselona»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida kataloniyaliklar ikki marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan, shuningdek, Ispaniya Kubogi va ikki marta mamlakat Superkubogida g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, 61 yoshli germaniyalik mutaxassisning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar