Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso standart vaziyatlar bo‘yicha murabbiy Ostin Makfining shtabiga taklif etilganiga izoh berdi. Mutaxassis avvalroq «Aston Villa»da Unai Emeri yordamchisi bo‘lib ishlagan.
«Biz har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislar ishlashini istaymiz. Ostinning endi biz bilan ekanligidan xursandmiz», - dedi Alonso Men In Blazers Network telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Alonso shu yilning yozida «Chelsi» bosh murabbiyi bo‘ldi. Ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi «aristokratlar» ilk rasmiy o‘yinini 24-avgust kuni «Fulhem»ga qarshi o‘tkazadi.