Live
5
O'zbek

Doku jarohat tufayli safdan chiqdi

Futbol
18 avgust, 13:05
«Shaharliklar» vinger Angliya Superkubogi uchun bahsda boldir mushagidan jarohat oldi.
Doku jarohat tufayli safdan chiqdi
Foto: Gettyimages

«Manchester Siti» vingeri Jeremi Doku Angliya Superkubogi uchun «Arsenal»ga qarshi bahsda boldir mushagidan jarohat oldi va APLning kamida bitta o‘yinini, «Bornmut»ga qarshi, o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Nieuwsblad nashri xabar bermoqda.

Doku «Arsenal»ga qarshi bellashuvini muvaffaqiyatsiz o‘tkazib, tanaffusda almashtirildi. Yakunda «Manchester Siti» 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

So‘nggi vaqtda Doku nafaqat shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qilishiga sabab bo‘lgan nafas yo‘llarining og‘ir infeksiyasiga, balki to‘pig‘idan olgan jarohatiga ham duch keldi. Shu sababli futbolchi jamoa bilan mavsumoldi tayyorgarligida to‘liq ishtirok eta olmadi.

Klubdagilar aynan shu jismoniy muammolar majmui yangi jarohatga turtki bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar