Bugun
14
O'zbek

«Ketishimning sababi oddiy» — Gvardiolaning «Manchester Siti» futbolchilariga xayrlashuv nutqi ma’lum bo‘ldi

Futbol
18 avgust, 09:02
Ispaniyalik mutaxassis jamoani boshqarishni davom ettirish uchun o‘zida yetarli energiya qolmaganini aytgan.
«Ketishimning sababi oddiy» — Gvardiolaning «Manchester Siti» futbolchilariga xayrlashuv nutqi ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

Ispaniyalik mutaxassisning «Manchester Siti» futbolchilari bilan xayrlashuv jarayoni aks etgan kadrlar paydo bo‘ldi. Gvardiola klubni o‘n yillik muvaffaqiyatli faoliyatidan so‘ng tark etgan.

Avvalroq Gvardiolaning «Manchester Siti»dagi so‘nggi ikki yiliga bag‘ishlangan «A Beautiful Obsession» hujjatli filmi namoyish etilgandi. Undagi eng ta’sirli lahzalardan biri murabbiyning futbolchilar bilan xayrlashuv nutqi bo‘lgan.

«Yigitlar, ko‘p gapirmayman. Yakshanba kuni «Manchester Siti» bosh murabbiyi sifatidagi so‘nggi uchrashuvim bo‘ladi. Sababi oddiy: ishlashda davom etish uchun energiya kerak. Ammo qalbimning tub-tubida endi menda bunday energiya qolmaganini tushunyapman», — degan Gvardiola.

Shuningdek, ispaniyalik mutaxassis futbolchilarga minnatdorlik bildirgan va o‘z qarorini rasman e’lon qilishdan oldin ular bu haqda birinchi bo‘lib bilishga haqli ekanini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Pep Gvardiola «Manchester Siti»ni 2016 yildan 2026 yilgacha boshqargan. Bu davrda u klub bilan 20 ta sovrin, jumladan, 6 ta Angliya chempionligi va Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiolaning «Manchester Siti»dagi o‘rnini Enso Mareska egallagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar