«Barselona» yarimhimoyachisi Fermin Lopes Ispaniya milliy jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritgan jahon chempionatini o‘tkazib yuborgach, taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Qyiin bo‘ldi. Jahon chempionatida o‘ynashni doim orzu qilganman. Men eng yaxshi sport formamda edim. Ammo endi u sahifani yopib bo‘ldim. Men sabrsizlik bilan yangi mavsumni, yana maydonga tushishni va gollar urishni kutyapman», — deya Lopes so‘zlaridan iqtibos keltirdi diariARA.
Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Lopesni Jahon chempionati–2026 uchun yakuniy ro‘yxatga kiritmadi. Finalda Argentinani mag‘lubiyatga uchratgan ispanlar uzoq kutilgan mundial oltin medallarini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Lopes bungacha milliy jamoa safida 7 ta o‘yin o‘tkazdi va 2 ta golli uzatma yetkazib berdi.