«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya milliy jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi g‘alabasidan so‘ng mamlakat futbolining istiqbollari haqida gapirdi.
«Ispaniya futboli eng yuqori darajada. Ikkinchi yulduzni qo‘lga kiritganimizdan so‘ng, bu terma jamoa va butun Ispaniya futboli uchun ko‘plab g‘alabalarning boshlanishi bo‘lishiga umid qilaman.
Luis Aragones kombinatsion futbol uslubiga asos soldi. Keyinchalik Pep Gvardiola boshchiligidagi «Barselona» ham xuddi shunday jozibador futbol namoyish etib, g‘alabalarni qo‘lga kirita boshladi. Ular bizga zafar sari yo‘l ochib berdi», — dedi Luis Enrike 20minutos nashriga.
Ma’lumot uchun, Ispaniya milliy jamoasi JCH-2026 finalida Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, tarixidagi ikkinchi jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi