Yarimhimoyachi Bruno Fernandesh «Manchester Yunayted»dan ketishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» portugaliyalikka yangi shartnoma taklif qilgan, biroq futbolchi bu taklifga rad javobini bergan. Sababi, «MYU» futbolchiga haftasiga 500 000 funt sterling maosh taklif qildi - bu yarimhimoyachini qanoatlantirmadi. Hozirda Fernandes Manchester klubida haftasiga 300 000 funt sterling ishlab topmoqda.
Shunday qilib, agar tomonlar kelisha olmasa, Brunu 2027-yilning yozida erkin agent sifatida «Manchester Yunayted»ni tark etishi mumkin.