Bugun
9
O'zbek

Enso Fernandes «Chelsi»ni tark etmoqchi

Futbol
2 iyul, 04:55
Argentinalik yarimhimoyachining agenti futbolchi boshqa variantlarni ko‘rib chiqayotganini tasdiqladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Enso Fernandes «Chelsi»ni tark etmoqchi
Foto: Getty Images

Enso Fernandes «Chelsi»ni tark etmoqchi

Argentinalik yarimhimoyachining agenti futbolchi boshqa variantlarni ko‘rib chiqayotganini tasdiqladi.

«Chelsi» yarimhimoyachisi Enso Fernandes yozgi transfer oynasida London klubini tark etishi mumkin.

Futbolchining agenti Xavyer Pastore Marca nashriga bergan intervyusida mijozining kelajagi haqida gapirdi.

«Hozirda biz «Chelsi»ni tark etish variantlarini ko‘rib chiqyapmiz», — dedi Pastore.

Eslatib o‘tamiz, Enso Fernandes 2023 yilda «Benfika»dan «Chelsi»ga 121 million yevro evaziga transfer qilingandi. So‘nggi paytlarda OAV argentinalik yarimhimoyachini Madridning «Real» klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabar bermoqda.

Ma'lumot uchun, 2025/26 yilgi mavsumda Fernandes «Chelsi» safida barcha musobaqalarda 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar