Bugun
9
O'zbek

De la Fuente Yamalning «yengilmaslik» haqidagi fikriga munosabat bildirdi

Futbol
2 iyul, 04:40
Ispaniya bosh murabbiyi yosh hujumchining ishonchi jamoaga ijobiy ta'sir ko‘rsatayotganini aytdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
De la Fuente Yamalning «yengilmaslik» haqidagi fikriga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images
02.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya - : - Avstriya Avstriya

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Lamin Yamalning jamoa optimal sport formasiga chiqsa, uni hech kim mag‘lub eta olmasligi haqidagi fikriga izoh berdi.

«Lamin juda optimistik futbolchi. U o‘ziga ham, jamoadoshlariga ham ishonadi. Biz salohiyatimizni yaxshi bilamiz va qanchalik uzoqqa bora olishimizni tushunamiz. Men uning so‘zlarini aynan shu nuqtayi nazardan ijobiy qabul qilaman. U jamoaga optimizm, ishonch va xotirjamlik ulashmoqda, bu esa menga yoqadi.

Lamin biz so‘ragancha vaqt maydonda harakat qila oladi. Barcha futbolchilarning tiklanish jarayoniga odatdagidek ehtiyotkorlik bilan yondashamiz.

Har bir o‘yin bir xil bo‘lmaydi. Ba'zi uchrashuvlar juda shiddatli va yuqori tempda o‘tadi, bunday vaziyatda futbolchi 30 daqiqa o‘ynashi mumkin. Boshqa bahslarda esa 70 daqiqa harakat qilish imkoniyati bo‘ladi. Lamin yaxshi sport formasida. Uning maydonga tushishga qanchalik ishtiyoqmand ekanini o‘zingiz ham ko‘rdingiz», — dedi de la Fuente.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya milliy jamoasi JCH-2026 1/16 finalida Avstriyaga qarshi maydonga tushadi.

Ma'lumot uchun, mazkur uchrashuv 2 iyul kuni bo‘lib o‘tadi va g‘olib jamoa mundialning 1/8 final bosqichiga yo‘l oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Avstriya Avstriya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar