Live
1
O'zbek

"Borussiya D" Dyuranvilni "Lion"ga sotdi

Futbol
2 iyul, 16:35
Belgiya vinger fransuz klubi bilan uzoq yillik bitim imzoladi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
"Borussiya D" Dyuranvilni "Lion"ga sotdi
Foto: Lyonnais

Julen Dyuranvil "Borussiya"dan "Lion"ga o'tdi.

Fransiya klubi 20 yoshli vingerning transferini e'lon qildi. Tomonlar 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzishdi.

Kelishuv qiymati 5 million yevroni tashkil etdi, yana 3,5 million yevro bonuslar bor. Shuningdek, Dortmund klubi belgiya futbolchisining keyingi transferidan 20% ulush oladi.

Dyuranvil o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Bazel"da o'tkazib, Shveytsariya chempionatida 16 o'yinda 2 ta gol urgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lyon Lyon
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar