Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Avstriyaga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Buyuk jamoalar hal qiluvchi pallada o'zini namoyon qiladi. Avvalgi o'yinlardagi barcha jihatlarni diqqat bilan tahlil qildik. Natijada Avstriyaga qarshi bahsda deyarli barcha yo'nalishlarda mukammal o'yin ko'rsatdik. Har bir jihatda yanada kuchliroq bo'lishimiz kerak.
1/8 finalda bizni yanada kuchli raqiblar kutib turibdi. Doimo o'sish va rivojlanish — bu bizning xarakterimiz. Bu jamoadan har safar yanada ko'proq narsa talab qilinadi», — deya de la Fuente so'zlaridan keltiradi FIFA rasmiy sayti.