Live
1
O'zbek

Ronaldu faoliyatidagi 976-golini urdi

Futbol
2 iyul, 21:57
U minglik dovon sari yana bir qadam tashladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Ronaldu faoliyatidagi 976-golini urdi
Фото: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi 1/16 finalida Xorvatiyani 2:1 hisobida mag'lub etib, nimchorak finalga yo'llanma oldi.

Bu bellashuvda 68-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltidan gol urdi. Natijada uning faoliyatidagi gollari soni 976 taga yetdi.

Shu tariqa, Ronalduning 1000lik dovon sari 24 ta gol qolmoqda. Uning ushbu mundialdagi gollari esa 3 taga yetdi. U avvalroq O'zbekistonga qarshi bahsda dublni rasmiylashtirgandi.

Ma'lumot uchun, Portugaliya 1/8 final bosqichida Ispaniyaga qarshi o'ynaydi. Bu bellashuv 6 iyul kuniga belgilangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar