Opta jahon chempionati 1/16 finalidan o‘rin olgan Argentina — Kabo-Verde uchrashuvi oldidan jamoalarning g‘alaba qozonish ehtimolini baholadi.
Unga ko‘ra, ushbu bellashuvda argentinaliklarning g‘alaba qozonish ehtimoli 81 foizni tashkil etmoqda. Afrika vakilining asosiy vaqtda muvaffaqiyat qozonishi imkoniyati esa 6,8 foiz deb baholangan. Asosiy vaqtda durang qayd etilishi esa 12,2 foiz.
Umumiy hisobda superkompyuter Argentinaning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini 89,4 foizni, Kabo-Verdeniki esa 10,6 foizga baholamoqda.
Ma'lumot uchun, Argentina va Kabo-Verde o‘rtasidagi 1/16 final bahsi 4 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.