Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinez Xorvatiya ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
«Jahon chempionatlari oson o‘yinlar bo‘lmaydi. Sizda yaxshi imkoniyatlar bo‘lyaptimi, demak, gol urish kerak.
Birinchi bo‘lim har tomonlama ajoyib o‘tdi. Biz o‘yinni yaxshi o‘qidik va hujumning hal qiluvchi hududlarida ko‘plab vaziyatlar yaratdik.
Ammо Xorvatiya kabi jamoalarga qarshi har doim xavf mavjud. Bunday o‘yinlarda jamoaviy harakatlar hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin ham o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmadik. Zaxiradan tushgan futbolchilardan ham foydalandik, chunki ular buning uchun tayyor edi. Aynan shunday ruhiyat uchrashuvlarda g‘alaba qozonishga yordam beradi. Jahon chempionatida ideal o‘yin bo‘lmaydi. Bu yerda iste’dod, intizom va yurak bilan o‘ynash talab etiladi.
Futbolchilar Portugaliya sharafini himoya qilish imkoniyatidan zavq olishdi. Biz Rikardu Karvaluning otasi, shuningdek, Diogu Jota va uning akasi Andrening xotirasi uchun ham maydonga tushdik», — deya Martinezning so‘zlaridan keltiradi FIFA rasmiy sayti.