«Milan» klubi hujumchi Rafael Leauni sotib yuborishga tayyor. Bu haqda insayder Gianluka Di Marzio xabar berdi.
Manbaga ko'ra, «rossonerilar» portugaliyalik 27 yoshli futbolchining transferidan 50-60 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Jahon chempionati yakunlanganidan so'ng «Milan» rahbariyati futbolchi bilan uchrashadi va uning kelajagi borasida birgalikda bir qarorga kelishadi.
Avvalroq Leauning o'zi sportchilik faoliyatida yangi bosqichni boshlash — Italiyadan tashqariga ko'chib o'tish istagi borligini bildirgan edi.
Futbolchining «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.