Bugun
13
O'zbek

JCHda 1/8 finalga yo'llanma olganlar soni 13 taga yetdi

Futbol
3 iyul, 01:27
Yana uch yo'llanma egalari tez orada ma'lum bo'ladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
JCHda 1/8 finalga yo'llanma olganlar soni 13 taga yetdi
Фото: Getty Images

Jahon chempionatida 1/16 final o'yinlari davom etmoqda. Shveytsariya milliy jamoasi Jazoirni yengib, nimchorak finalga chiqdi.

Shu tariqa, ushbu bosqichga yo'llanma olgan jamoalar soni 13 taga yetdi. Quyida ishtirokchilar bilan tanishing:

Paragvay, Fransiya, Kanada, Marokash, Portugaliya, Ispaniya, AQSH, Belgiya, Meksika, Braziliya, Norvegiya, Angliya va Shveytsariya.

Argentina – Kabo-Verde, Avstraliya – Misr va Kolumbiya – Gana o'yinlari orqali qolgan ishtirokchilar aniqlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar