Xorvatiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Purtugaliyaga qarshi JCH-2026ning 1/16 finalidan o'rin olgan bahs haqida fikr bildirdi.
«Ayniqsa, ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik. Ko'plab vaziyatlar yaratdik, ustunlik qildik, biroq ikki bor gol o'tkazib yubordik.
His-tuyg'ular junbushga kelmoqda. Noliydigan joyim yo'q – yigitlar kurashishdi, harakat qilishdi, ammo mag'lub bo'ldik.
Bizda ikkinchi golni urish uchun ko'plab yaxshi imkoniyatlar bo'lgandi. Hozir buni hazm qilish qiyin. Biz jahon chempionatidan chiqib ketishga loyiq emasdik, Purtugaliya bilan tengma-teng o'yin ko'rsatdik», — deya Dalichning so'zlaridan keltiradi FIFA rasmiy sayti.