«Al Ahli» yarimhimoyachisi Riyod Mahrez Jazoir milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga koʻra, 35 yoshli futbolchi Shveytsariyaga (0:2) qarshi JCH-2026 1/16 finalidagi bahsdan soʻng shunday qarorga kelgan. Afrika vakili jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.
Mahrez 2014 yildan beri jazoirliklar safida toʻp tepib keladi. Bu vaqtga qadar 119 ta oʻyinda maydonga tushib, 40 ta gol urgan va 45 ta golli uzatmani amalga oshirgan.