Bugun
13
O'zbek

Jaka «Chelsi»ga transferi bo‘yicha savolga javob berdi

Futbol
3 iyul, 04:26
Shveysariya milliy jamoasi sardoridan «Sanderlend»dan London klubiga bo‘ladigan ehtimoliy transfer haqida so‘rashdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Jaka «Chelsi»ga transferi bo‘yicha savolga javob berdi
Foto: Getty Images
02.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Shveytsariya Shveytsariya 2 : 0 Jazoir Jazoir

Jahon chempionati pley-off bosqichi doirasidagi Jazoyirga qarshi o‘yinidan keyin Shveysariya milliy jamoasi yarimhimoyachisi va sardori Granit Jakaga «Sanderlend»dan Londonnning «Chelsi» klubiga ehtimoliy transferi borasida savol bilan murojaat qilishdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, londonliklar 33 yoshli futbolchi transferiga jiddiy ravishda qiziqmoqda va transfer bo‘yicha yaqin kunlarda yana bir rasmiy taklif yuboradi.

«Bu haqida gapirish, yangi ma’lumot berish – mening vazifam emas. Buning uchun mening menejmentim bor. Hozir men bor e’tiborimni jahon chempionatiga qaratmoqchiman», – deya Jaka so‘zlaridan iqtibos keltirdi CentreGoals.

Eslatib o‘tamiz, Shveysariya 1/8 final bosqichida Gana – Kolumbiya juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shveytsariya Shveytsariya
  • Jazoir Jazoir
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar