Bu haqda Ispaniyaning MundoDeportivo nashri xabar berdi.
«Barselona» himoyachisi Jyul Kundeni sotishga tayyor va uning transferi uchun talab qilayotgan summani 65 million yevrogacha kamaytirdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, bunday narx APL vakillari «Chelsi» va «Liverpul»ni qanoatlantiradi. Har ikki klub futbolchini JCH-2026da kuzatmoqda.
O‘z navbatida Kundening o‘zi «Barselona»dan ketishni istamayapti — o‘tgan yili yozda futbolchi klub bilan shartnomasi muddatini 2030-yilgacha uzaytirgan edi.