Bu ma’lumotni insayder Nikolo Skira e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Italiya chempioni 26 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishgan. Tomonlar 2031-yilgacha shartnomani kelishib oldilar, ammo «Inter» hali ham «Chelsi» bilan barcha detallar borasida yakuniy kelishuvga erishmagan.
Inglizlar futbolchisi uchun 35 + 5 million yevro bonus talab qilmoqda, ammo hozircha «Inter» faqat 30 + 5 mln ko‘rinishidagi transferga rozi. Aytilishicha, klublar bonuslar va qayta sotishdan foizlar borasida muhokamani davom ettirmoqda.
Ma’lumot uchun, 2025/26-yilgi mavsumda Chaloba barcha musobaqalarni hisobga olganda 47 ta o‘yinda ishtirok etdi va 3 ta golga mualliflik qildi.