Live
1
O'zbek

Rasman: Nagelsman lavozimini tark etdi

Futbol
3 iyul, 06:58
Omadsiz mundial natijasida bosh murabbiy bilan xayrlashildi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Rasman: Nagelsman lavozimini tark etdi
Foto: Getty Images

Yulian Nagelsman Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

«Mundialdan chiqib ketganimizdan keyingi kunlarda ko‘p o‘yladim va shaxsan hamda federatsiya doirasida ishonchli shaxslar bilan maslahatlashdim. Bunday qarorga kelishim oson bo‘lmadi. Men uchun asosiysi doim jamoa muvaffaqiyati bo‘lgan. Bunday omadsizlikdan keyin ular barchasini boshidan boshlash uchun yangi imkoniyatga loyiqlar. Murabbiylar shtabimga, jamoa va federatsiyadagi barcha-barchaga, bizni qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Muxlislarga alohi rahmat. Sizlar qiyin vaqtlarda ham bizni qo‘llab-quvvatladingiz, bizga ishondingiz, bizga quvvat bag‘ishladingiz. Shu sababli ham biz uchun yakunlangan mundialda sizlarni xursand qiladigan oqshomlarni ko‘proq qila olmaganimizdan afsusdaman. Sizlar ko‘prog‘iga loyiq edingiz», — deya Nagelsman so‘zlaridan iqtibos keltirdi Nemis futbol ittifoqi (DFB).

Eslatib o‘tamiz, Germaniya milliy jamoasi JCH 1/16 final bosqichida Paragvayga yutqazib qo‘yib (1:1, 3:4 pen.), musobaqani tark etdi.

Bugungi yangiliklar