Live
2
O'zbek

Rasman: «Bavariya» Braun transferini e’lon qildi

Futbol
3 iyul, 08:46
Bu haqda nemis grandi o‘zining rasmiy sayti orqali e’lon qildi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Rasman: «Bavariya» Braun transferini e’lon qildi
Foto: fcbayern.com

«Bavariya» o‘zining rasmiy sayti orqali «Ayntraxt» klubidan qanot himoyachisi Nataniel Braun transferini e’lon qildi. Klub 23 yoshli futbolchi bilan 2031-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

Avvalroq Fabritsio Romano Myunxen klubi Braun transferi uchun 55 mln yevro to‘lashi haqida xabar bergandi.

Ma’lumot uchun, Braun 2024-yil yozidan buyon «Ayntraxt» sharafini himoya qilib kelayotgandi. O‘tgan mavsum himoyachi 42 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma yetkazib berdi. Germaniya milliy jamoasi safida Braun 8 bor maydonga tushdi.

Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 40 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar