Jahon chempionati 1/16 finali doirasida Meksika Ekvador milliy jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.
Musobaqa mezbonlaridan biri hisoblangan Meksika jamoasi yetakchisi Xulian Kiniones fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Hozir eng muhimi — jamoaviy o‘yin. O‘zingizni individual jihatdan ko‘rsatishingiz mumkin, lekin bunga faqatgina jamoaning yaxshi o‘yini orqali erishish mumkin. Biz aynan shunday fikrdamiz. Kurashishda davom etishimiz zarur. Hayot shuni talab qiladi: kurash, kurash va yana kurash maqsadingga yetmaguncha kurashaverasan. Bizga ishonib, qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat», — deya Kiniones so‘zlaridan iqtibos keltirdi FIFA rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, Meksika 1/8 finalda Angliyaga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan mundial 19-iyulgacha davom etadi.