Xorvatiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich hakamning Portugaliya darvozasiga urilgan golni bekor qilish qaroridan norozi bo‘ldi.
Jahon chempionati 1/16 final doirasidagi bahsning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 13-daqiqada Yoshko Gvardiolning sa’y-harakatlari bilan muvozanat tiklangandi, ammo hakam, VARga murojaat qilib, golni hisobga olmadi.
Natijada Portugaliya milliy jamoasi ustunlikni saqlab qoldi va keyingi bosqichga chiqdi.
«Hakam Matanovich to‘pga tegganini aytdi, lekin biz videoni ko‘rdik – hech qaysi takrorda bu tegish ko‘rinmadi. Agar u to‘pga tegmagan bo‘lsa, u holda bu offsayd emas», – deb ta’kidladi Modrich matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya 90+4-daqiqada hal qiluvchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi – unga Gonsalu Ramush mualliflik qildi.