Jahon chempionati 1/16 finalida Shveytsariya milliy jamoasi Jazoirga qarshi o'ynadi. Unda yevropaliklar 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Embolo va Ndoe gollarga mualliflik qildi.
Shu tariqa, Shveytsariya milliy jamoasi nimchorak finalga chiqdi. Ularning raqibi Kolumbiya va Gana bahsida aniqlanadi.
JCH-2026. 1/16 final
Shveytsariya – Jazoir 2:0
Gollar: Embolo 10, Ndoe 46
Shveytsariya: Kobel, Elvedi, Akanji, Rodriges, Zakariya (Vidmer, 87), Freyler, Jaka, Ndoe (Ebisher, 87), Manzambi (Okafor, 71), Vargas (Rieder, 71), Embolo.
Jazoir: Benbut, Belgali, Mandi, Bensebaini, Ait-Nuri, Zerruki, Bentaleb, Auar, Maza, Shaibi, Mahrez (Mussa, 71).