Bugun
13
O'zbek

Perisich – to'rtta jahon chempionatida gol urgan tarixdagi oltinchi futbolchi

Futbol
2 iyul, 23:35
Ivanning mundiallardagi gollari soni 7 taga yetdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Perisich – to'rtta jahon chempionatida gol urgan tarixdagi oltinchi futbolchi
Фото: Getty Images

Xorvatiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Ivan Perisich noyob yutuqni qayd etdi.

37 yoshli futbolchi jahon chempionati 1/16 finali doirasida Portugaliyaga qarshi bo'lib o'tgan bugungi o'yinning ikkinchi bo'limi boshida hisobni ochdi.

Shu tariqa, Ivan o'zining to'rtinchi jahon chempionatida gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Oltita mundialda gol urgan Krishtianu Ronaldu mutlaq rekordchi bo'lib turibdi, undan keyingi o'rinda Lionel Messi (beshta) bormoqda. To'rtta turnirda esa Perisichdan tashqari faqat Pele, Uve Zeeler va Miroslav Kloze raqiblar darvozasini ishg'ol qila olgan.

Shuningdek, Perisich jahon chempionatlaridagi gollari sonini 7 taga yetkazib, Xorvatiya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylangandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xorvatiya Xorvatiya
Bugungi yangiliklar