Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Kabo-Verdega qarshi bahsda oldidan fikr bildirdi.
«Bizni munosib raqib kutmoqda. Xato qilish uchun joy tobora kamayib bormoqda. Mag'lubiyat sabab turnirni tark etishimiz mumkin. Buni yaxshi tushunamiz. Hozir yaxshi holatdamiz va o'yinga to'liq tayyormiz.
Kabo-Verde – hali mag'lubiyatga uchramagan jamoa. Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda ular g'alabaga loyiq edilar. Ispaniya va Urugvayga qarshi bahslarda ularga biroz qiyinroq bo'ldi. Ularni tahlil qilyapmiz, bu munosib raqib. Shuni ayta olamanki, raqib ancha yaxshi» — deya Skalonining so'zlarini keltiradi La Nacion nashri.