Bugun
16
O'zbek

JCH-2026. Portugaliya — Ispaniya va AQSH — Belgiya bahslari bosh hakamlari ma'lum bo‘ldi

Futbol
4 iyul, 14:15
FIFA 1/8 finalning yana ikki uchrashuvi uchun hakamlar brigadasini e'lon qildi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
JCH-2026. Portugaliya — Ispaniya va AQSH — Belgiya bahslari bosh hakamlari ma'lum bo‘ldi
Foto: Getty Images
06.07.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya - : - Ispaniya Ispaniya

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) JCH-2026 1/8 finalidan o‘rin olgan Portugaliya — Ispaniya hamda AQSH — Belgiya bahslarini boshqaradigan hakamlar nomini rasman ma'lum qildi.

6 iyul kuni AQSHning Arlington shahridagi «AT&T Stadium»da bo‘lib o‘tadigan Portugaliya — Ispaniya bahsini angliyalik Entoni Teylor boshqaradi. Unga hamyurtlari Gari Besvik va Adam Nann qanot hakami sifatida yordam beradi. Zaxira hakami etib germaniyalik Feliks Svayer, zaxira assistent etib esa Robert Kempter tayinlandi.

7 iyul kuni «Sietldagi Lumen Field» stadionida o‘tadigan AQSH — Belgiya uchrashuvi esa iordaniyalik Adham Mahadmeh boshchiligidagi hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi. Unga Muhammad Al Kalaf va Ahmad Al Roalle yordamchi hakam sifatida ishlaydi. Gabonlik Per Acho zaxira hakami, Boris Ditsoga esa zaxira yordamchi hakam vazifasini bajaradi.

Ma'lumot uchun, JCH-2022 finalida Argentina milliy jamoasi Fransiya milliy jamoasini penaltilar seriyasida (4:2) mag‘lub etib, jahon chempioniga aylangandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar